Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi

20-iyul 09:34
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi

Joriy yilning 7-14-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida 35-Xalqaro Biologiya olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Olimpiadada, shuningdek o‘quvchilar bilan birga 3 nafar jamoa rahbari va o‘z hisobidan 2 nafar kuzatuvchi-o‘qituvchi qatnashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey pedagogi tomonidan o‘quvchisiga yordam berishga harakat qilingan.

Mazkur holat bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘quvchilarning natijalarini inobatga olmaslik qarori qabul qilindi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘zbekistonlik oʻquvchilarning nufuzli xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda.

P.S. Bizni tanish-bilishchilik, mana shunaqa “bir-biriga yordam berish”lar xarob qiladi. Kamiga sharmanda ham qilibdi.