345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.
Testga kirgan abituriyentlarning 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 balni ham to‘play olmagan.
56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi.
O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz nisbatan yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor.
O‘tgan yili 49,4% foiz, aniqrog‘i 439 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2.5% ga yaxshilandi.
2024-yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Toshkent shahrida (35,9%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).
O‘tgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tushdi. Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati o‘z natijasini yaxshilab, 50 foizdan pastki chiziqqa o‘ta olgan.
O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
⬆️ Toshkent shahri — 4,9%⬆️ Toshkent viloyati — 4,9%⬆️ Jizzax — 3.7%⬆️ Buxoro — 3,5%⬆️ Sirdaryo — 3,1%
O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor.
56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.