Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Maktablarda olimpiada 16-30-sentyabr kunlari o‘tkaziladi

12-sentabr 08:49
Maktablarda olimpiada 16-30-sentyabr kunlari o‘tkaziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 9-sentyabrdagi 02-31-1335-sonli xati bilan 2024-2025-o‘quv yilida Asosiy olimpiadaning maktab bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda muddatlari hududlarga yuborildi.

17 ta fan bo‘yicha tashkil etiladigan olimpiadalarning birinchi (maktab) bosqichi joriy yilning 16-30-sentyabr kunlari tashkil etiladi.

Olimpiada o‘tkaziladigan joy va muddatlari bo‘yicha barcha o‘quvchilar olimpiadadan kamida 3 kun oldin (e’lonlar taxtasi, ijtimoiy tarmoqlar va telegram guruhlarga e’lon joylashtirish, fan o‘qituvchilari tomonidan mashg‘ulotlar vaqtida, umumiy saflanishda og‘zaki e’lon qilish va boshqalar) xabardor qilinishi lozim.

Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtirilishi shart.

Olimpiada maktab bosqichi 2024/2025