O‘qituvchilar o‘quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi yoki kamsitishi mumkinmi?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari»ga ko‘ra quyida pedagoglarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishishingiz mumkin:
O‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
O‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik;
O‘quvchini ommaviy izza qilmaslik;
O‘quvchilar chet elga chiqib ketgan taqdirda, bu haqida o‘z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish;
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;
Ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘yiga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
O‘quvchilarga ibrat bo‘lib, shaxsiy namuna ko‘rsatish, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish;
Ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish va bunday holatlarni oldini olish;
Biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;
Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;
Mazkur qoidalarni haftaning juma kunlarida o‘tkaziladigan “Sinf soati”darslarida o‘quvchilarga keng tushuntirib borish.