Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.
✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:
- Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;
- viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
✅ 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.
👨🏻💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.