O‘zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta medallarini qo‘lga kiritdi
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.
Medal sohiblari bilan tanishing:
- Ozobek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
- Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
- Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
- Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal,
- To‘lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi— kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yoshlar ishlari agentligi barcha fan olimpiadachi o‘quvchilarimizni hamma safar xarajatlarini to‘liq qoplab berib kelmoqdamiz, fursatdan foydalanib g‘oliblarni Agentlik jamoasi nomidan ham tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!