Yangi oʼquv yilida sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha toʼlanadi?
15-iyul 18:02

Bu reklama joyi - biznesingiz rivoji uchun!
BATAFSIL
Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun toʼlovlar oʼqituvchilarga mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdoriga (1.050.000 soʼm) nisbatan foiz hisobida toʼlanadi.
Sinfdagi oʼquvchilar soniga koʼra sinf rahbarligi uchun:
- 15 nafar oʼquvchigacha – 26,4 foiz (277 200 soʼm);
- 16 nafardan 20 nafar oʼquvchigacha – 31,6 foiz (331 800 soʼm);
- 21 nafardan 25 nafar oʼquvchigacha – 36,9 foiz (387 450 soʼm);
- 26 nafardan 30 nafar oʼquvchigacha – 42,1 foiz (442 050 soʼm);
- 31 nafar va undan koʼp oʼquvchi boʼlganda – 52,8 foiz (554 400 soʼm).
- Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʼquvchilar ikki guruhga boʼlib oʼqitiladigan fanlar boʼyicha ham) sinfdagi oʼquvchilar soni 15 nafargacha boʼlganda – 8,8 foiz (92.400 soʼm), 15 nafar va undan ortiq boʼlganda – 17,6 foiz (184.800 soʼm).
- Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (184.800 soʼm).
Teglar
Xabarni ulashing
O'xshash xabarlar
O‘qituvchilar o‘quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi yoki kamsitishi mumkinmi?
14-sentabr 16:07
Maktablarda olimpiada 16-30-sentyabr kunlari o‘tkaziladi
12-sentabr 08:49
Bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin
10-sentabr 08:42