Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

10-sentabr 08:42
Bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

  • Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
  • Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
  • Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
  • Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon) bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.