Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Yangi oʼquv yilida respublikamiz boʼylab necha nafar oʼquvchi qabul qiladi?

13-iyul 14:28
Yangi oʼquv yilida respublikamiz boʼylab necha nafar oʼquvchi qabul qiladi?

Maktablarga yuklama yana kamida 300 mingga ortadi

Kelayotgan o‘quv yilida o‘zi busiz ham haddan ziyod ortiq yuklama bilan ishlayotgan umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soni yanada ko‘payadi.

Bugun maktablarning 11-sinfini tugatayotgan 414,6 ming o‘quvchi o‘rniga sentyabrda kamida 715,5 ming o‘quvchi 1-sinfga boradi. Bu maktablarga yuklama yana kamida 300 mingga ortadi degani.

O‘tgan yili 2024 yil investisiya dasturida maktablar qurilishiga 3 trillion so‘m ajratilishi va 150 ming o‘quvchi o‘rni yaratilishi aytilgan edi. Bu rejalar o‘quv yili boshlanguncha qanchalik darajada amalga oshadi, hozircha mas’ullar hisobot taqdim etishmagan.

Eslatib o‘tamiz, maktablarda o‘quvchi o‘rni yetishmasligi muammosini hal qilishi mumkin bo‘lgan “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish" vazifasi "O‘zbekiston-2030" Strategiyasiga kiritilmagan.

Xususiylashtirish dasturiga ko‘ra, butun O‘zbekiston bo‘ylab maktablarning binolari va yer maydonlari sobiq deya sotuvga qo‘yilgan.