Yangi odat o‘zlashtirib olish uchun 21 kun yetarli
Bu reklama joyi - biznesingiz rivoji uchun!
BATAFSIL
21/90 chellenji ko‘pchilik orasida mashhur. Unga ko‘ra inson biror yangi odatni shakllantirishni istasa (har kuni kitob o‘qish, ertalab yugurish, shirinlik iste’mol qilmaslik) va 21 kun davomida buning uchun harakat qilsa, shunga ancha o‘rganib qoladi.
So‘ng yana 90 kun, ya’ni 3 oy yangi o‘rgangan odatini qo‘llasa, u keyingi hayotida doimiy hayot tarziga aylanib qoladi.
Bu odatni shakllantirishga yordam beradigan mobil ilovalar ham bor. Yoki oddiygina bloknotga rejalar tuzib, o‘zingiz uchun tartib shakllantirishingiz ham mumkin.
Agar harakat qilib, 21 kun chellenj qilaman deb reja qilsangiz, qanday odatni o‘zlashtirishni xohlagan bo‘lardingiz?