Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

17-avgust 05:09
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.