Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Super-kontarkt to‘lovida 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi

02-sentabr 12:32
Super-kontarkt to‘lovida 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

Bu chegirmani oddiy (bazaviy) kontrakt uchun taalluqli emas.

Ushbu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga amal qiladi. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha taqsimlangan:

  • – o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun
  • – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
  • – 1,06 balldan 2,05 ballgacha
  • — 2 barobari;– 2,06 balldan 3,05 ballgacha
  • — 2,5 barobari;
  • – 3,06 balldan 4,05 ballgacha
  • — 3 barobari.

Mana shu toifadagi abituriyentlar garchi birdaniga 100% to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli kontraktning 50 foizini to‘lab, qolgan qismini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lash mumkin.

Kirish chizig‘iga 4,1 ball va undan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.