Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

31-avgust 10:05
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

  • 96 516 nafari (51,6 %) — erkaklar;
  • 90 355 nafari (48,4 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

  • erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
  • ayollar — 22 581 nafar (54,9%).

2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.