Xorijga chiqish pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi bilan testga kirsa boʼladimi?
11-iyul 08:53
DTM Diagnostik imtihon
➡️ TEST TOPSHIRISH
Аbiturientlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kirishlari mumkin:
- Biometrik pasport (yashil rangli);
- ID-karta;
- Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);
- Haydovchilik guvohnomasi (faqat yangi shakldagisi boʼlsagina);
- Harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun oʼtmaydi).
Yuqoridagilar Oʼzbekiston Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar hisoblanadi va ularning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Faqat hujjat bilan birga abiturient ruxsatnomasini ham olishni unutmang.