Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Turli sabablarga ko‘ra, testga kirmagan abituriyentlarga qo‘shimcha kun beriladimi?

16-iyul 17:43
Turli sabablarga ko‘ra, testga kirmagan abituriyentlarga qo‘shimcha kun beriladimi?

Yo‘q, hech qanaqa qo‘shimcha test o‘tkazilmaydi.

Test sinoviga belgilangan kunda kira olmagan abituriyentlar o‘ziga berilgan imkonni qo‘ldan boy berdi. Endi ular kelgusi yilda topshirib ko‘radi.

Bunda qaysi sababga ko‘ra kela olmagani muhim emas. Kimdir kasal bo‘lib qolgan, kimdir farzandli bo‘lgan, kimdir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, kimdir kechikkan, kimdir hujjatini esidan chiqargan, kimdir hujjatini yo‘qotgan va hk.

Qanday sabab bo‘lishidan qat’i nazar testga kira olmaganlar uchun yana boshqa kunda testga kirish imkoni berilmaydi.