9-sinf shahodatnomasi bilan OTMga o‘qishga kirib bo‘ladimi?
Bu reklama joyi - biznesingiz rivoji uchun!
BATAFSIL
2022-yili shunga oid qiziq keys bo‘lgandi. 9-sinfni tugatgan navoiylik Nafisa OTMga hujjat topshirgan va Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kirgan.
Sababi DTM bazasida uning (9-sinfni bitirgan) shahodatnomasi bo‘lgan. Va Nafisa imtihon topshirib 178,4 ball bilan grantga kirgan. Lekin unga 11-sinfni tugatmagani uchun o‘qish imkoni berilmagan, shuning uchun litseyda o‘qishni boshlagandi. O‘zbekistonda 11 yillik ta’lim majburiy.
Ya’ni 9-sinfni tugatib, imtihonga qatnasha olish mumkin, lekin talaba bo‘lish imkonsiz.