Tayanch doktoranturada o‘qiyotgan xodim maktabda necha soat dars berishi mumkin?
Bu reklama joyi - biznesingiz rivoji uchun!
BATAFSIL
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida dars soatlarini taqsimlash "Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom bilan tartibga solinadi. (Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3271)
Dars soatlari nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi. Mazkur bandda tayanch doktoranturada tahsil olayotgan xodimlar nazarda tutilmagan.
Agar talabgor fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science) (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan xodim boʻlsa, u oliy malaka toifasiga ega pedagog hisoblanadi va nizomda belgilangan 8-darajali koʻrsatgich sifatida (agar boshqa pedagoglarda bundan yuqori koʻsatgich mavjud boʻlmasa) maksimal dars soati olishi mumkin boʻladi.
Tayanch doktoranturada oʻqiyotgan xodim magistratura bosqichini tamomlaganiga 5 yil to‘lmagan boʻlsa, bunda u ikkinchi malaka toifasiga ega pedagog hisoblanadi va nizomda belgilangan 11-darajali koʻrsatgich sifatida (agar boshqa pedagoglarda bundan yuqori ko‘satgich mavjud boʻlmasa) koʻproq dars soati olishi mumkin bo ladi.
Eslatib o‘tamiz, pedagog xodimlarga dars taqsimlashda ta’lim muassasasidagi boshqa pedagog xodimlarning koʻrsatgichlarini ham bilib olish muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, har qanday holatda ham dars soatlari "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanishi lozim.