“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida oʼqishi mumkin
25-iyul 10:39

Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezidentning (24.05.2024 yil PF-81-son) Farmoniga koʼra, 2024/2025-oʼquv yilidan boshlab talabalarga taʼlim granti bir oʼquv yili uchun ajratiladi.
Bu tartib mazmunan, super-kontrakt orqali oʼqishga qabul qilingan talabalarga ham tatbiq qilinishi mumkin. Chunki, taʼlim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting koʼrsatkichga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Bu jarayonda, 1-kursda oʼzlashtirishi yuqori boʼlgan talabalar keyingi yildan grant asosida tahsil olishi mumkin.
Taʼkidlash lozim, mazkur tartib faqatgina 2024-25 oʼquv yilidan boshlab OTMga qabul qilingan talabalarga amal qiladi.
Maʼlumot uchun, ushbu tartibning nizomi Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlanishi lozim.
Teglar
Xabarni ulashing
O'xshash xabarlar
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari
19-sentabr 09:47
Yaxshi o‘qigan talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
14-sentabr 10:13
Minimal 56,7 balldan ham kam to‘plab "super" qildirsa bo‘ladimi?
31-avgust 10:22