Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Yaxshi o‘qigan talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi

14-sentabr 10:13
Yaxshi o‘qigan talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi

Hozirgacha faqat qizlarga foizsiz kredit berilar edi.

Prezident raisligidagi videoselktorda quyidagi yangiliklar maʼlum qilindi:

  • oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;
  • oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.