Rasmiy bayonot abituriyentlar diqqatiga!
Bu reklama joyi - biznesingiz rivoji uchun!
BATAFSIL
Testga kelmaganlar yoki kechikib kelganlar uchun qo‘shimcha test o‘tkazilmaydi
Ayni kunlarda vazirlikning Murojaatlar markazi (71-230-64-64) va Ishonch raqami (1006) orqali turli sabablar bilan test sinovlariga qatnashmagan abituriyentlar, ularning yaqinlari tomonidan qo‘shimcha imtihon belgilab berish yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.
Qayd etish kerakki, hukumatning 261-son qaroriga muvofiq test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan abituriyent sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilishi mumkin emas.
Shuningdek, abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.
Shu bois, hurmatli abituriyentlardan test sinoviga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihonlar o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay kelishlarini so‘raymiz.
Ma’lumot uchun, Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilgan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi