Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Prezident maktabining kirish imtihonlaridan oʼtgan oʼquvchilar bepul taʼlim olishadi

11-iyul 14:30
Prezident maktabining kirish imtihonlaridan oʼtgan oʼquvchilar bepul taʼlim olishadi

Prezident maktabida oʼqish uchun pul toʼlanadimi, oʼquvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

Javob:

Prezident maktabining kirish imtihonlaridan oʼtgan oʼquvchilar toʼliq bepul taʼlim olishadi. Oʼquvchilar uchun maktabda quyidagi sharoitlar yaratilgan:

  • zamonaviy yotoqxona bilan taʼminlanadi;
  • 1 kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
  • darsdan soʼng toʼgarak mashgʼulotlariga jalb qilinadi;
  • turli xil sport turlari (futbol, volleybol, basketbol, suzish, tennis va b.) bilan shugʼullanishadi;
  • bepul kiyim-kechaklar bilan taʼminlanadi;
  • STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari chet ellik pedagoglar tomonidan ingliz tilida oʼqitiladi;
  • darslik va kerakli maktab qurollari bilan bepul taʼminlanadi;
  • 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli oʼtgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega boʼladilar.