Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Prezident bilan uchrashgan abituriyentga talabalik "sovg‘a qilinibdi"

16-iyul 17:24
Prezident bilan uchrashgan abituriyentga talabalik

Fargʻona shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida Prezident bilan suhbatlashgan Madinaxon Soliyeva Jahon tillari universiteti talabasiga aylandi.

Maʼlum boʻlishicha, u Oʻzbekiston tumanidagi “Zinasha” MFYda yashaydi. Fargʻona shahriga imtihondan oʻtish maqsadida kelgan va ijarada turgan. Prezidentning Fargʻona safari chogʻida Madinaxon jiyani bilan xiyobonda sayr qilib yurgan boʻlgan.

Uchrashuvdan bir kun oʻtib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari hamda Jahon tillari universiteti rektori Fargʻonaga yetib kelgan. Viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tadbirda boʻlajak talaba hamda uning onasiga oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi sertifikat topshirilgan.