Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlari 50% ustama oladi

09-iyul 21:25
Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlari 50% ustama oladi

Hukumat qaroriga (681-son, 25.12.2023 y.) ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi.

Nizomga muvofiq, maktablarga faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi.

O‘quv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil etib, 1 oy davomida o‘qitiladi.

Direktorlarning o‘qish davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va amaldagi o‘rtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.

2024-yil 1-sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:

maktab direktorlariga – 50 foiz;

maktab direktori o‘rinbosarlariga – 30 foiz.