Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Maktablar bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

01-iyul 08:47
Maktablar bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

Maktablar bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladiBarchamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligi darajasi shu muassasani bitirayotgan o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi, kasb-hunar tanlab, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi ko‘rsatgichi bilan baholanmoqda.Shu bois ham Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (sobiq XTV) maktab bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha tasniflashni yo‘lga qo‘ygan. Bunda:🟢 maktab bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichi 30 foizdan yuqori bo‘lgani “yashil”;🟡 10 foizdan 30 foizgacha bitiruvchisi OTMga qamrab olingan maktablar “sariq”;🔴 bitiruvchisi umuman OTMga kirmagan va 10 foizgacha kirgan maktablar “qizil” ranglarda tasniflanadi.