Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkin emas

10-iyul 16:37
Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkin emas

Belgilangan qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilarga ta’lim muassasida tug‘ilgan kun nishonlash taqiqlangan.

Bundan tashqari:

  • darsda "naushnik" ishlatish;
  • taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;
  • boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishi mumkin emas.

Qanday jazo bor? Agar o‘quvchi bu qoidalarga amal qilmasa, unda ota-onasi yozma ogohlantiriladi. Qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchi muassasa ichki nazorat roʻyxatiga olinadi. Ota-ona maktabga chaqirilib, ular bilan inspektor-psixolog suhbat o‘tkazadi.