Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tqaziladi?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tqaziladi?
Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.
—Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.