Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Imtihondan 1 kun avval nima qilish kerak?

11-iyul 08:40
Imtihondan 1 kun avval nima qilish kerak?

Imtihondan bir kun avval oʻzingizga ruhiy dam bering: dush qabul qiling, toza havoda sayr qiling, faqat yaxshi narsalar haqida oʻylang, yetarlicha dam oling. Shuningdek, ertangi kunga kerak boʻladigan hujjatlarning barchasini tayyor qiling, kiyadigan kiyimlaringizni ob-havoga moslab taxlab qoʻying, uyquga ertaroq yoting.

Imtihon kuni

  • Imtihon binosiga yarim soat avval yetib kelishga harakat qiling.
  • Binoga kirishdan avval oʻzingizni qoʻlga oling. Ikkilanmang, xavotirlanmang.
  • Imtihon boshlanishi bilan bor diqqatingizni jamlang, atrofdagilarni unuting.
  • Asabiylasha boshlasangiz, quyidagi nafas mashqini bajaring:

Burun bilan chuqur nafas olasiz va nafas olgandan ikki barobar koʻproq vaqt davomida ogʻizdan nafas chiqarasiz. Masalan, burun orqali 5 soniya nafas olib, ogʻizdan 10–12 soniya davomida uni chiqarasiz. Bu holatda miyaga kislorod yetib borib, uni oziqlantiradi va tinchlantiradi.

Omadingizni bersin!