Ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketmaslik choralari bormi?
20-avgust 07:42
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bor. Soatlab qaysidir tarmoqda vaqt o‘tkazmaslik uchun o‘zingizga pishiq bo‘lishingiz kerak.
- Tarmoqlardan ajraling.Ijtimoiy tarmoqlaringizni doimiy qo‘lingizda turadigan telefoningizga emas, masalan, uyda ishlatadigan kompyuteringizga ochib qo‘ysangiz, har daqiqada ularni tekshirib vaqt yo‘qotmaysiz;
- Real foydalar haqida o‘ylang. Telegram yoki Instagramda sarflaydigan vaqtingiz haqiqatan biror foyda keltiryaptimi yoki yo‘q o‘ylab ko‘ring;
- Qachon ijtimoiy tarmoqqa kirayotganingizni bilib oling. Biror vazifangizni bajarishni kechiktirib shunchaki bekorga vaqt sarflamayotganingizga ishonch hosil qiling;
- O‘z-o‘zini nazorat qilish tizimiga o‘rganishga harakat qilib ko‘ring. Agar biror tarmoqqa shunchaki ko‘z yugurtirgingiz kelib qolsa, bu nazorat tizimi ishlashi kerak;
- Ijtimoiy tarmoqlardan keladigan bildirgilarni o‘chirib qo‘ying;
Eng muhimi: ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazib yuborish nafaqat soatlarning isrof bo‘lishiga, balki salomatlikka ham zararli ekanini tez-tez eslab turing.
Teglar
Xabarni ulashing
O'xshash xabarlar
Talabalar ijara puli toʻlab berilmoqda
06-sentabr 18:42
Davlat-xususiy sheriklik asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta bog‘cha qurish rejalashtirilmoqda
06-sentabr 11:30
Qanday holatda sinf ikkiga boʼlib oʼqitiladi?
05-sentabr 08:17