Har bir tumandan mentor-oʻqituvchilar tanlab olinadi va ularga qoʻshimcha har oy 20 foiz ustama toʻlanadi
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Bunda:
“Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi;
“Kasbiy rivojlanish soati” doirasida fan metodika birlashmalari va mentor-oʻqituvchilar tomonidan oʻqituvchilarning darslari tahlil qilinadi, ularga metodik yordam koʻrsatiladi, kasbiy rivojlanishi boʻyicha tavsiyalar beriladi;
“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida har bitta fan boʻyicha tayanch maktablar tanlanadi va ushbu muassasalarda oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi;
Mentor-oʻqituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi;
mentor-oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan maktab direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi.