Bu yil 700 mingdan ortiq 1-sinf oʼquvchilariga «Prezident sovgʼalari» topshiriladi
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2024-2025-oʼquv yilida respublikadagi mavjud 10 182 ta umumtaʼlim maktabiga 719 366 nafar maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan boʼlib, hozirga qadar 586 290 nafar (81,5%) oʼquvchi qabul qilingan. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
1-sinfga qabul qilingan oʼquvchilarga 12 nomdagi (portfelь, daftar, rasm daftari, akvarelь boʼyoqlari, rangli qogʼoz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli qalam, oddiy qalam, plastilin, yelim, oʼchirgʼich) oʼquv qurollaridan iborat «Prezident sovgʼasi» berilishi koʼzda tutilgan.
Ushbu oʼquv qurollari joriy yilning 10 avgustiga qadar hududlarga, 20 avgustiga qadar qabul qilingan oʼquvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga toʼliq yetkaziladi.