Abituriyent qalbaki hujjatlar bilan qo‘lga tushsa nima bo‘ladi?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Agar abituriyentlar hujjatlarining qalbakiligi aniqlansa, quyidagi choralarni qo‘llash belgilangan:
- Abituriyent kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi;
- hujjatlarning qalbakiligi abituriyent o‘qishga kirganidan keyin aniqlansa, o‘qishdan haydaladi;
- qalbaki hujjat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilinadi.
Shu bilan birga, Jinoyat kodeksida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish, ularni sotish bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish esa BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.