Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

1-sinfga qabul qachongacha davom etadi?

24-iyul 10:14
1-sinfga qabul qachongacha davom etadi?

1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  • 1-BOSQICH: 20-iyundan boshlangan, 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
  • 2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.