Yuqori reytingli xususiy o‘quv markazlarga ijara kompensatsiyasi taqdim etiladi
Bu reklama joyi - biznesingiz rivoji uchun!
BATAFSIL
Yuqori reytingga ega xususiy o‘quv markazlarga ijara puli kompensatsiya qilinadi
Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2024-yilning sentabr-noyabr oylarida respublikadagi xususiy o‘quv markazlarning reytingi shakllantiriladi va doimiy ravishda yuritib boriladi.
Reyting natijalari asosida, eng yuqori natijaga erishgan, ayniqsa olis va chekka hududlardagi xususiy o‘quv markazlarning bina va inshootlar uchun ijara xarajatlari kompensatsiya qilinadi. Ushbu reyting natijalari Yoshlar ishlari agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.