Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida qancha oʻquvchi tahsil olayotgani ochiqlandi

Bugun, 14:40
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida qancha oʻquvchi tahsil olayotgani ochiqlandi

2018/2019 ўқув йили бошига нисбатан 2024/2025-ўқув йилида нодавлат умумтаълим ташкилотларида таҳсил олаётган ўқувчилар сони 8,1 баробарга ёки 98 324 нафарга кўпайган.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 455 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 112 093 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni:

  • — 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 13 769nafar
  • — 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 21 042 nafar
  • — 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 26 970nafar
  • — 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 30 553 nafar
  • — 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 45 927 nafar
  • — 2023/2024-oʻquv yili boshiga – 64 010 nafar
  • — 2024/2025-oʻquv yili boshiga – 112 093 nafar