Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Yotoqxonalar taqsimoti 15-avgustdan boshlanadi

08-avgust 15:32
Yotoqxonalar taqsimoti 15-avgustdan boshlanadi

2- va undan yuqori kurs talabalari uchun talabalar turar joyiga joylashish uchun ilk taqsimot 15-avgust sanasidan boshlanadi, deb xabar qildi Oliy ta’lim vazirligi. Joriy yilning 1-avgustidan 15-avgustigacha kelib tushgan arizalar o‘rtasida dastlabki taqsimot o‘tkaziladi.

Unda Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng ustuvorliklar ketma-ketligi asosida boshqalarga beriladi. Keyingi yakuniy taqsimot 25-avgustda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Talabgorlar arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.