Joriy oʻquv yilidan boshlab OTMlarda “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli asosan, oliy taʼlim tizimida 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
📌 Qayd etilishicha, registrator ofisining funksional vazifalariga oʻquv boʻlimi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻlimi, ilmiy boʻlim, xalqaro aloqalar boʻlimlarining vazifalari oʻtkazilmoqda.
Registrator ofisida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash;
- registrator ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash;
- transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish;
- bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish;
- talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish.
Shuningdek, 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlari ham mazkur registrator ofisida qabul qilinadi.
“Registrator ofisi”ni malakali (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tajriba oʻtagan shaxslarga ustuvorlik beriladi ) xodimlar bilan toʻldirish koʻzda tutilgan.
Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Registrator ofisi” xodimlari uchun seminar-treninglar hamda iqtisodiy oʻqishlar tashkil qilish belgilandi.