Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bo‘lsa, uning talabalari taqdiri nima bo‘ladi?

15-iyul 08:59
Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bo‘lsa, uning talabalari taqdiri nima bo‘ladi?

Oxirgi vaqtlarda nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan yoki kirmoqchi bo‘lgan ko‘pchilikni shu savol qiziqtirmoqda.

Savol: Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bo‘lishi mumkinmi?

Javob: Ha mumkin. Faoliyatida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan xususiy OTMning litsenziyasi vakolatli organning talabi bilan bekor qilinishi mumkin.

Savol: Bunday hollarda shu OTMda o‘qib turgan talabaning taqdiri nima bo‘ladi?

Javob: Talabalik maqomini yo‘qotmaydi.

Prezidentning shu yil 3-iyuldagi PQ–200-son qaroriga muvofiq, litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.

Ya’ni biror nodavlat OTMning litsenziyasi bekor bo‘lsa va yopilib ketsa, o‘sha yerda tahsil olayotgan talabalar DAVLAT va NODAVLAT ta’lim muassasalariga "perevod" qilishi mumkin.