Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

"Perevodchilar" qachondan oʻqishni boshlaydi?

13-sentabr 08:13

Hozirgi kunda koʻplab perevodchilarni qiynayotgan savollardan biri bu albatta ularga qachondan oʻqish boshlanishi. Toʻgʻri bu savolga javob berish kerak! Sababi koʻchirayotgan OTMlari javob bermaganidan keyin bularga kimdir javob berishi kerak-ku!!!

Demak, ushbu savolga biz javob beramiz! Postni diqqat bilan oʻqisangiz savolingizga javob olasiz!

  • Xorijiy va nodavlat taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga yetarli ball toʻplab oʻqishini koʻchirayotgan talabgorlar avvalo koʻchirib oʻtkazayotgan OTMdan aloqa xatini olishlari kerak boʻladi.
  • Shu bilan bir qatorda davlat oliygohining biridan ikkinchisiga oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan talabgorlar ham huddi shunday koʻchirayotgan OTMdan aloqa xatini olishlari kerak!
  • Aloqa xatini olgan talabgorlar koʻpi bilan 10 kun muddat ichida avvalgi oʻqish joylaridan kerakli hujjatlarni olib kelishlari kerak boʻladi.
  • Hujjatlarni olib kelgan talabgorlarga yoʻnalishi kiruvchi fakultet tomonidan fanlar farqi chiqarib beriladi va shu boʻyicha ularning oʻquv bosqichlari belgilanadi.
  • Shundan soʻng, ular 15-oktyabrga qadar toʻlov-shartnomaning 25%i toʻlov qilishlari kerak boʻladi. Aks xolda, talabgorlar talabalar safiga qabul qilinmaydi!

Xulosa qilib aytganda, siz aloqa xatini olib qancha tezroq hujjatlaringizni olib kelsangiz va kontrakt toʻlovini amalga oshirsangiz, shuncha tezroq sizga talabalar safiga qabul qilish boʻyicha buyruq chiqadi.

Eslatma: Perevodchilar uchun alohida guruh yoki alohida kurs ochiladi degan gap yoʻq! Perevodchilar sonidan kelib chiqib ularga yangi guruh ochilishi yokida mavjud guruhlarga qoʻshilishi mumkin!