Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Xususiy oliygohga to‘langan kontrakt summasining 12% qismini qaytarib olishda yoshning ahamiyati yo‘qolgan!

26-avgust 18:49
Xususiy oliygohga to‘langan kontrakt summasining 12% qismini qaytarib olishda yoshning ahamiyati yo‘qolgan!

Prezident farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritilgan edi.

Bu nima degani?

Amaldagi tartibga ko‘ra, ota-onalar o‘zlarining 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul to‘laganda, to‘langan qismidan 12 foizlik daromad solig‘i hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi.

1-avgustdan boshlab mana shu qoidadagi yosh cheklovi olib tashlandi. Endi 30 yosh bo‘ladimi, 35 yosh bo‘ladimi, farqi yo‘q, farzandining kontrakti uchun to‘langan summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi.