Xususiy oliygoh talabalari ham to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
- o‘z mablag‘lari;
- jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
- yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
- To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.
Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.
Manba: Soliq Kodeksi 378-modda, 16-bandi.