Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Xususiy oliygoh tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

09-avgust 09:09
Xususiy oliygoh tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Hozirgi kunda xususiy oliygohlar soni ham ularga boʻlgan talab ham yuqori darajada, keling xususiy universitet tanlashdagi muhim jihatlarni gaplashamiz.

  • Litsenziya: Siz oʻqimoqchi boʻlayotgan universitet davlat tomonidan berilgan litsenziyaga ega boʻlishi lozim.
  • HEMIS tizimi: Siz oʻqimoqchi boʻlayotgan xususiy universitet HEMIS tizimiga ulangan boʻlishi kerak. Bu esa sizning davlat oliygohlari kabi bir xil diplom olishingizni ta’minlaydi.
  • Bino va sharoitlar: Universitetning oʻz binosiga ega yoki yoʻqligini aniqlashingiz kerak. Shuningdek, unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish lozim.
  • Professor va oʻqituvchilar: Universitetda dars beruvchi ustozlarning salohiyatidan xabardor boʻlishingiz kerak chunki bu sizning sifatli taʼlim olishingizni belgilaydi.

Universitet va oʻzingiz xohlagan yoʻnalish tanlashda adashmang chunki bu sizning kelajagingizni belgilaydi.