Vaqting ketdi - naqding ketdi!
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Vaqt - bu asosiy valyuta! Sen uyquda bo‘lganingda - vaqt ketmoqda. Ovqatlanganingda, internetda o‘tirganingda, telefonda qizlar bilan gaplashganingda ham vaqt ketaveradi. Yillar oydek, oylar hafta, haftalar soatdek, soatlar esa daqiqalardek. Daqiqa, huddi chaqmoqdek o‘tib ketadi. Bu- sening vaqting ketdi, endi u hech qachon qaytmaydi degani.
Hayotimizning asosiy valyutasi bu - vaqt!
- Sen tavakkal qilaymi, yoqmi deb ikkilanayotganingda, kimdir tavakkal qilib omadga erishadi
- Sen qaror qabul qilguningcha, kimdir allaqachon bir to‘xtamga kelib, omadga erishadi
- Vaqtingni qandaydir romanlar o‘qish bilan o‘tqazayotganingda, kimdir foydali kitobni o‘qib o‘smoqda.
- Befoyda ishlarga vaqt sarflayotganingda, kimdur uni foydali ishga sarflamoqda.
Har kuni seni kundan kunga hayron qiladigan, yo‘ldan ozdiradigan odamlar paydo bo‘ladi. Ularga e’tibor berma. Har kuni senda yangi muammo paydo bo‘lishi mumkin - kuchli bo‘l!
Orzularing haqida o‘ylashdan to‘xtama!
O‘zgalar fikri foydali bo‘lishi ham mumkin, lekin ularga seni chalg‘itishga yo‘l qo‘yma! Kuchli bo‘l- vaqtni qadriga yet!