Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati beriladi

04-iyul 09:17
Uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati beriladi

Uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati beriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot ma’lum qilinishicha: Bundan keyin ham qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi. Jumladan, og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3-yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi. Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi. Sog‘ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.