Hurmatli xotin-qizlar! 15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozmasangiz kontrakt pullaringizni davlat qoplab bermaydi!
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi (https://t.me/nodavlattalim).
Tatbiq etilmaydi:
- 15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
- qo‘shma taʼlim uchun.
- 📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.
To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.