Qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi. Tartibi qanday?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bu yil magistraturaga kontraktga kirgan talaba xotin-qizlar — 2,1 ming. Ularning hammasiga kontrakt to‘lab beriladi.
Buning tartibi qanday?
Qonunchilikka ko‘ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.
15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Eslatma: hozircha, magistrlarga kontrakt qog‘ozini onlayn olish imkoni berilmadi.