Turizm sohasida oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi
17-iyul 18:54

DTM Diagnostik imtihon
➡️ TEST TOPSHIRISH
- Kelayotgan o‘quv yilidan boshlab turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi ta’lim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtiriladi. Bu sohada oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi.
- Talabalarga bir vaqtni o‘zida ixtisosligi bo‘yicha ishlab, kasbiy ko‘nikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
- Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, Sharqshunoslik, Jahon tillari va "Ipak yo‘li" oliygohlarida gidlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.