Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi
DTM Diagnostik imtihon
➡️ TEST TOPSHIRISH
O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan top-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxatini tasdiqladi.
Ro‘yxatga xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rin olgan.
Ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.
Ma’lumot uchun: Top-1000 ga kiruvchi oliygohlarni bitirgan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).