Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toifa Sertifikati bor pedagoglardan kasbiy Sertifikat talab qilinmaydi

31-iyul 14:13
Toifa Sertifikati bor pedagoglardan kasbiy Sertifikat talab qilinmaydi

Yangi oʻquv yilidan tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi

Bunda: pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi;

Kasbiy sertifikat olganidan soʻng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan koʻp yil davomida uzilishlar boʻlgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi lozim;

Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida oʻtkaziladi;

Nazorat sinovi natijasi boʻyicha 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.