Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilinmaydi

17-avgust 13:54
Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar  kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilinmaydi

Hukumat qarori(02.02.2024 №87)ga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma- bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi hamda qaror bilan tasdiqlangan reglamentda “talabgor — kasbiy sertifikat olishga da’vogar bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotidagi stajor-o‘qituvchi yoki mutaxassis lavozimidagi o‘qituvchi” — ekanligi belgilab qo‘yilgan.

❌ Biroq, ayrim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktorlari tomonidan pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, turli sabablarga ko‘ra ish joyini o‘zgartirayotgan nomzodlarni ham stajor-o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish hamda oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan pedagoglarni kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan, vazir o‘rinbosari imzolagan xatda hududiy boshqaramalarga mazkur ko‘rsatib o‘tilgan tavsiya asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari rahbarlariga tegishli tushuntirish ishlarini olib borish hamda muammoli holatlar yuzaga kelganda bartaraf etish choralarini ko‘rish so‘ralgan.

MMTVning 2023-yil 9-avgustdagi 02-01/3-1188-son xatida stajor-o‘qituvchini ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha zarur tasviyalar berilgan.

Kasbiy sertifikat ko‘rsatma.pdf