Oʻqituvchida kasbiy Sertifikat boʻlmasa ishdan boʻshatiladimi?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yildagi 87-son) qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, oʻqituvchiga yana bir marta imkoniyat beriladi.
Unda ham 56 baldan past natija qayd etsa, u holda pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Shuningdek, nazorat sinovi natijasi boʻyicha 56 balldan kam koʻrsatkichga ega talabgor nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi.
Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish sanasi va nazorat sinovini oʻtkazish muddati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va uni oʻtkazish tartibi mazkur Reglamentga muvofiq tartibda belgilanadi.Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.